"Tashabbusli byudjet" 6 iyul sanasidan boshlanadi
Buning uchun tuman va shahar byudjetlaridan 2 trln. soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi.

"Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024 yilgi II mavsumiga 6 iyuldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bunda:
- loyihalar kiritish: 6–26 iyul;
- loyihalarni saralash: 26 iyul–15 avgust;
- targʻibot qilish: 15–22 avgust;
-ovoz berish: 22 avgust–1 sentabr sanalari davomida oʻtkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 2 trln soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln soʻmni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, "Tashabbusli byudjet" jarayonining birinchi mavsumi gʻoliblari aprel oyida eʼlon qilingandi. Unga koʻra, respublika boʻylab 2 254 ta mahalla boʻyicha jami 2 770 ta loyiha gʻolib deb topildi.
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun 3,3 trln. soʻm yoʻnaltirilgan.