Shavkat Mirziyoyev Narendra Modiga taʼziya yoʻlladi
Uttar-Pradesh shtatidagi diniy yigʻinda yuzdan oshiq kishi tiqilinchda vafot etgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi.
Prezident Uttar-Pradesh shtatida sodir boʻlgan fojia oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yoʻllagan.
Davlat rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Hindistonda diniy yigʻinda yuz bergan tiqilinch oqibatida 100 nafardan oshiq kishi halok boʻldi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, chiqish yoʻli juda tor boʻlgan va odamlar tadbirni tark etayotganda kuchli chang boʻroni sarosimaga tushib, vahima keltirib chiqargan, natijada koʻplab odamlar oyoq ostida qolib ketgan.