platina.uz
Jamiyat

Ekologiya boshliqlari yoppasiga ishdan olinishiga izoh berildi

Hududiy rahbarlar bilan 1 iyulga qadar muddatli mehnat shartnomalari tuzilgan. 

Ekologiya boshliqlari yoppasiga ishdan olinishiga izoh berildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hududiy boshqa boshliqlarining ishdan olinishi masalasiga izoh berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalari boshliqlari bilan joriy yilning 1 aprelidan 1 iyulga qadar muddatli mehnat shartnomalari tuzilgan.

"Mazkur mehnat shartnomalari muddati joriy yilning 1 iyul kuni tugaganligi sababli vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan va hozirgi kunda keyingi muddatga ular bilan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda" deyiladi rasmiy izohda.

Eslatib oʻtamiz, avval Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va yana 8 ta viloyatda ekologiya boshqarmalari boshliqlari ishdan olingani xabar berilgandi. Bu haqda vazir Aziz Abduhakimovning buyrugʻi imzolangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid