Sherzod Rahmonov Pastdargʻom tumani hokimi etib tayinlandi
Tumanning avvalgi rahbari oʻz arizasiga koʻra ishdan ketgan.

Rahmonov Sherzod Pastdargʻom tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.
Pastdargʻom tumani hokimligida oʻtkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrildi.
2023 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Murotqobilov Vahobjon Abdugʻaniyevich oʻz arizasiga koʻra tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Raxmanov Sherzod Shuxratovich nomzodi Pastdargʻom tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sherzod Raxmanov 1991 yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tugʻilgan. Mazkur tayinlovga qadar Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Avvalroq Sherbek Boʻronov Narpay tumaniga hokim etib tayinlangandi.