Markaziy bank asosiy stavkani oshirmadi
Asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Ushbu yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, asosiy stavka soʻnggi bor 25 aprelda koʻrib chiqilgandi. Oʻshanda ham stavka 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirilgandi.