Toshkent shahar transport boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Avvalgi rahbar fevral oyida mablagʻlarni talon-toroj qilishda ayblanib ushlangandi.

Toshkent shahri transport boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Fazliddin Baxromov Toshkent shahar transport va yoʻl transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
1991 yilda tugʻilgan F.Baxromov tayinlovga qadar Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi “Delivery Unit” loyiha ofisi mutaxassisi lavozimida hamda Yoshlar ishlari agentligining markaziy apparatida boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, boshqarmaning avvalgi boshligʻi Anvar Joʻrayevga nisbatan DXX tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgandi.
U Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) boʻyicha ayblangan.