AQSh chegaradan noqonuniy oʻtganlarga boshpana berishni toʻxtatib qoʻydi
Chegarada kunlik qoʻlga olishlar soni 1500 kishidan kamayganda, bu choralar bekor qilinadi.

AQSh chegarani noqonuniy kesib oʻtganlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqlab qoʻydi.
Prezident Jo Bayden AQSh janubiy chegarasi, yaʼni Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib oʻtgan muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu AQSh immigratsiya xizmati xodimlariga mamlakatda noqonuniy boʻlgan odamlarni Qoʻshma Shtatlardan chiqarib yuborish rasmiyatchiliklarini osonlashtiradi.
Darhol kuchga kiradigan ushbu taqiq choralari doimiy qoʻllanilmaydi. Reuters agentligining xabar qilishicha, taqiqlovchi choralar hafta davomida har kuni 2500 dan ortiq odam chegarada ushlab qolingan vaziyatda amalga tatbiq etiladi. Chegarada kunlik qoʻlga olishlar soni 1500 kishidan kamayganda, bu choralar bekor qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda AQShga noqonuniy kirmoqchi boʻlgan 3000 ga yaqin oʻzbekistonlik qoʻlga olingan edi. Ular Turkiya, Ispaniya va Meksika orqali kelib, AQShga kirishga uringan.
Shuningdek, 3 mart kuni AQShga noqonuniy ravishda kirgan 74 nafar Oʻzbekiston fuqarosi oʻz vatanlariga qaytarilgan.




