platina.uz
Jamiyat

Tanqiddan soʻng: tashlandiq favvora oʻrab qoʻyildi

Platina.uz Mustaqillik maydonidagi tashlandiq holga tushgan favvora haqida reportaj tayyorlagandi.

Tanqiddan soʻng: tashlandiq favvora oʻrab qoʻyildi
Foto: Platina.uz

Avvalroq Platina.uz sayti Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida joylashgan tashlandiq favvora haqida videoreportaj tayyorlagandi.

Hozirgi kunga kelib, ushbu sobiq favvora atrofi maxsus bannerlar bilan oʻrab qoʻyilgan. Bannerda Metropol Group qurilish firmasi nomini koʻrish mumkin.

Metropol Group firmasi sobiq MXX binosi oʻrnida hashamatli mehmonxona qurilishini boshlagan. U yerni sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning oʻgʻli Doniyor Komilov sotib olgan edi.

Doniyor Komilov “Oʻzbekneftgaz”ga tegishli barcha AYoQShlar va “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi”ni imi-jimida ham xarid qilgandi.

Favvora oʻrnida nima qurilishi nomaʼlum. Uning Metropol Group firmasiga oʻtgani ham endi maʼlum boʻldi.

2023 yilda buzilishi boshlangan sobiq MXX binosi hududidagi 53 tup koʻp yillik daraxtlar noqonuniy ravishda koʻchirib ketilgan edi. Ayni paytda prokuratura bu boʻyicha jinoiy ish ochgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid