Gulistondagi yirik yongʻin oʻchirildi
Hodisa oqibatida insonlarning halok boʻlish holatlari kuzatilmadi.
![Gulistondagi yirik yongʻin oʻchirildi](https://cp.platina.uz/media/CACHE/images/photo_2024-06-02_00-24-28.177812a54210.webp)
Guliston shahridagi omborda sodir boʻlgan yirik yongʻin oʻchirildi.
Guliston shahar hududida joylashgan lak-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida sodir boʻlgan yongʻin boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berildi.
Sodir boʻlgan yongʻindan binoning tom qismi hamda bino hududida boʻlgan ikkita yuk tashuvchi avtomobil qisman zararlangan, deyiladi Sirdaryo FVB xabarida.
Yongʻin-qutqaruv ekipajlari tomonidan yongʻin soat 23:35 da toʻliq oʻchirildi.
Hodisa oqibatida insonlarning halok boʻlish holatlari kuzatilmadi. Yongʻin bartaraf etilishi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.