platina.uz
Iqtisod

2023 yilda Oʻzbekiston YaIM 6 foizga oʻsgan

2023 yil yakunlari bilan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 1 066 569,0 mlrd soʻmni tashkil etdi. 

2023 yilda Oʻzbekiston YaIM 6 foizga oʻsgan

2023 yilda Oʻzbekiston YaIM 6 foizga oʻsgan. 2023 yilgi davlat byudjeti ijrosiga bagʻishlangan “Davlat byudjeti” nashrida shu haqda maʼlum qilingan.

Hujjatda keltirilishicha, 2023 yil yakunlari bilan yalpi ichki mahsulot(YaIM) hajmi joriy narxlarda 1 066 569,0 mlrd soʻmni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan oʻsish surʼati 6 foizni tashkil etdi. Yil boshidagi prognoz 5,3 foiz boʻlgani inobatga olinsa, bu nisbatan yaxshi koʻrsatkich.

Taʼkidlash kerak, iqtisodiy oʻsishning asosiy drayveri xizmatlar sohasi boʻlib, uning oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 6,8 foizni (oʻsishdagi hissasi – 2,6 foiz band) tashkil etdi. Shuningdek, sanoat 6 foizga (1,5 f.b), qurilish ishlari – 6,4 foiz (0,4 f.b) va qishloq xoʻjaligi 4,1 foizga (0,9 f.b) oʻsdi.

Tarmoq va sohalarning YaIM oʻsish surʼatidagi hissasiga kelsak, xizmatlar - 44, sanoat - 25, qishloq xoʻjaligi - 16, sof soliqlar - 8, qurilish sohasi esa 7 foiz ulushga ega.

Iqtisodiy oʻsishga hududlarning qoʻshgan hissasi 5,1 foiz bandni tashkil etgan boʻlsa, shundan Toshkent shahrida oʻsish 9,3 foizni tashkil etib, respublika oʻsishiga 1,6 foiz band, qolgan hududlar 0,1-0,5 foiz band atrofida hissa qoʻshgan.

Avvalroq 2023 yili yirik soliq toʻlovchilarning davlat byudjetidagi ulushi kamaygani maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid