platina.uz
Jamiyat

Til sertifikati boʻlmaganlar ayrim yoʻnalishlarga hujjat topshira olmaydi

Mazkur qoida 2025-2026 yildagi qabul jarayonidan boshlab amal qiladi. 

Til sertifikati boʻlmaganlar ayrim yoʻnalishlarga hujjat topshira olmaydi

Keyingi yildan boshlab til sertifikatiga ega boʻlmaganlar ayrim yoʻnalishlarga hujjat topshira olmaydi.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi boʻlgan yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Yaʼni kelasi yildan boshlab, qaysi yoʻnalishda chet tili birinchi fan (3,1 ball) boʻlsa, oʻsha yoʻnalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

Eslatib oʻtamiz, Prezident farmoniga muvofiq qabul va oʻquv jarayonlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan, davlat granti endi faqat bir yil uchun taqdim etiladi.

Shuningdek, magistratura uchun chet tilini bilish darajasi yumshatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid