platina.uz
Iqtisod

Bojxonada mevalar aynib qolishiga qarshi chora topildi

Bojxona postlarida shunday yuklar uchun maxsus belgilar bilan jihozlangan alohida yӯlaklar tashkil etilmoqda.

 

Bojxonada mevalar aynib qolishiga qarshi chora topildi

Xorijga meva-sabzavot olib ketayotgan yuk mashinalari bojxona tekshiruvlarini kutib qolishi natijasida mahsulot sifatining buzilishi muammosini hal qilish choralari koʻrilmoqda.

Jumladan, bojxona postlarida shunday yuklar uchun maxsus belgilar bilan jihozlangan alohida yӯlaklar tashkil etilmoqda.

Bunday yӯlaklar tovar va transport vositalari harakati yuqori boʻlgan yirik chegara bojxona postlarida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ustuvor tartibda tezkorlik bilan amalga oshirishga xizmat qiladi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari (piyoz, karam, gilos, oʻrik va boshqalar) ortilgan transport vositalarini ushbu yoʻlaklarga yoʻnaltirishda ustuvorlik taʼminlanadi.

Eksportga yoʻnaltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari ortilgan transport vositalariga xalqaro standartlarga mos boʻlgan farqlash belgisini (avtotransport vositasining old oyna oʻng tomoniga) oʻrnatilsa, bunday yuklarning alohida yoʻlak orqali tezroq oʻtilishi taʼminlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14 maydan boshlab tavsiya etilgan narxlarni minimal qiymatlarga oʻzgartirgani eksportchilarning eʼtiroziga sabab boʻlgan edi. Tahlilchilarning aytishicha, Oʻzbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini mutasaddilarning bozor konʼyunkturasi haqidagi tasavvuridan kelib chiqib belgilagan past narxlarda olib chiqish taʼqiqlanishi sohaga sarmoya kiritishga qiziqishni pasaytiradi, mamlakatni yirik tizimli importerlar uchun kam jalb qiluvchi hamkorga aylantiradi.

Bunday qoʻlbola tartibga solish bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomalarini tuzish juda xavfli boʻlib qoladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid