"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ raisiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Avvalgi birinchi oʻrinbosar Sardor Isaqulov Parkent tumaniga hokim boʻlgandi.

Axunov Ozod Odilovich — "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Ozod Axunov bunga qadar Energetika vazirligining Elektr energiyasini ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, kooperatsion aloqalarni kengaytirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari Isaqulov Sardor Dadajonovich Parkent tumaniga xokim etib tayinlangandi. U sobiq hokim Shohruh Shoahmedov oʻrnini egallagan. Ushbu tayinlov 2024 yil 8 aprel kuni amalga oshirilgan.