platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda chiqindi tariflari yana qimmatlashdi

Qattiq chiqindilarni olib chiqib ketish aholi uchun 5040 soʻm (avvalgi narx 4500 soʻm)ni tashkil etadi. 

Surxondaryoda chiqindi tariflari yana qimmatlashdi

2024 yil 17 may kuni Surxondaryo viloyati hokimining qarori bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish bilan bogʻliq majburiy toʻlov tariflarini tasdiqlash boʻyicha qarori eʼlon qilindi.

Qaror hududlardan chiqindilarni olib ketish xizmatlarini takomillashtirish, hududlarning ekologik va sanitar holatini yaxshilash maqsadida qabul qilingan.

Chiqindilar tarifi boʻyicha 2024 yil 9 yanvardagi qaror oʻz kuchini yoʻqotgan deya qabul qilindi.

Qaror ilovasiga koʻra, narxlar quyidagicha koʻrinish olgan: qattiq chiqindilarni olib chiqib ketish aholi uchun — 5040 soʻm (avvalgi narx 4500 soʻm), yuridik shaxslarga 1m3 uchun 78 400 soʻm (avvalgi narx 70 ming soʻm), suyuq chiqindilarni olib chiqib ketish 1m3 kub uchun 78 400 soʻm (avvalgi narx 70 ming soʻm) etib belgilandi.

Qaror eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi bor Surxondaryoda chiqindi olib ketish narxlari 2023 yil oxiri -2024 yil boshida oʻzgargandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid