platina.uz
Iqtisod

Platina koʻtargan mavzuni iqtisodchilar ham yoza boshladi

Aynan qatʼiy soliq boʻyicha kelishilgan intervyudan Soliq qoʻmitasi vakili qochib ketgan edi.

Platina koʻtargan mavzuni iqtisodchilar ham yoza boshladi

Iqtisodchi Otabek Bakirov aylanmadan olinadigan qatʼiy soliqning absurdligini yozib chiqib, kichik biznes vakillarining umidi davlat rahbaridan ekanini bildirdi.

"Axir bu qatʼiy soliq toʻlovchilar na soliqchilarning oldiga boʻyin egib kelishsa, na turli-tuman ogʻzaki tushadigan majburiyatlarni bajarishsa. Belgilangan qatʼiy soligʻini toʻlaydi, boʻldi. Bu qanaqa bedodlik?", deb yozdi Bakirov.

Iqtisodchining eʼtibor qaratishicha, mazkur soliqni kichik biznes Oʻzbekistonda gullab-yashnashi va hal qiluvchi sinfga aylanishi uchun Prezidentning shaxsan oʻzi tadbirkorlar bilan uchrashuvda taklif etgan edi.

"Oʻzbekiston iqtisodiyotining tayanchi boʻlishi kerak boʻlgan kichik biznesning na parlamentda va na biznes manfaatlarini ifoda etishi kerak boʻlgan Savdo-sanoat palatasida vakilligi mavjud. Sudning ahvolini bilasiz. Vazirlar-ku faqat bitib ketgan oligarxlar va monopolistlar bilan gaplashishadi. Kichik biznes kattalarning eshigini qoqib bora olmasa", deb yozgʻirdi bloger.

Eslatib oʻtamiz, mustaqil iqtisodchi mutaxassis Yuliy Yusupov bilan suhbatimizda Soliq qoʻmitasi soliq tushumlari yetishmayotgani bois byudjetda katta defitsit paydo boʻlganini aytgandi. Qoʻmita vakili esa qatʼiy soliq boʻyicha biz bilan kelishilgan suhbatdan qochib ketgan edi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid