Oʻzbekiston uch oyda 2,6 mlrd. dollarlik oltin sotdi
Bu 2023 yilning boshiga nisbatan 15,3 foizga koʻproqdir. Oltinning umumiy eksportdagi ulushi 42 foizga yaqinlashgan.

2024 yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 2,66 milliard dollardan ortiq qiymatda oltin eksport qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Statistika agentligi maʼlumot bergan.
2023 yilning birinchi choragiga nisbatan qimmatbaho metallar eksporti hajmi 15,3 foizga oshdi.
Oltinning Oʻzbekiston umumiy eksportidagi ulushi 2024 yilning yanvar-mart oylarida 41,7 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2023 yilning yanvar-mart oylarida bu koʻrsatkich 37,8 foizni tashkil etgandi.
Soʻnggi vaqtlarda jahonda oltin narxining keskin oʻsish tendensiyasi kuzatilmoqda. Hozirda bir unsiya oltin narxi qariyb 2410 dollardan oshiqni tashkil etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, umuman olganda, 2023 yilda Oʻzbekiston 8,1 milliard dollarlik oltin sotgan, bu 2022 yildagi koʻrsatkichdan deyarli ikki baravar koʻpdir.
Oʻtgan yili mamlakat oltin sotish boʻyicha jahonda ikkinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Markaziy banki oltinning ikkinchi yirik xaridoriga aylandi. Birgina oʻtgan yilning dekabr oyida respublika 9 tonna qimmatbaho metall sotib oldi.