platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi qoʻlga olindi

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazgan. 

Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi qoʻlga olindi

Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Platina.uzga maʼlum qildi.

8 aprel kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazgan. Unda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi boʻyicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Makur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq DXX prokuror oʻrinbosari va sobiq tergovchini ushlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid