Rossiyada ichida 68 oʻzbekistonlik boʻlgan avtobus agʻdarildi: qurbonlar bor
Hodisa Samara viloyatida yuz bergan, avtobus Qozogʻistondan Nijniy Novgorodga ketayotgan edi.

Rossiyada ichida 68 nafar oʻzbekistonlik boʻlgan avtobus YTHga uchradi.
Samara viloyatida yoʻlovchilarni olib ketayotgan avtobusning agʻdarilib ketishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi, 26 kishi jarohatlandi.
Hodisa M-5 Ural – Muxanovo avtomobil yoʻlining 24-kilometrida sodir boʻlgan. Ichida 68 nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan avtobus Qozogʻistondan Nijniy Novgorodga ketayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 3 aprel kuni Qozogʻistondagi YTH oqibatida sakkiz oʻzbekistonlik halok boʻlgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga koʻra, jasadlar Mudofaa vazirligi maxsus bortida Surxondaryoga olib kelindi.