Hayit kuni jamoat transporti bepul xizmat koʻrsatadi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasida Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda oʻtkazishga bagʻishlagan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilingan.

Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 04:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat koʻrsatadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga asosan, ayni paytda Vazirlar Mahkamasida Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda oʻtkazishga bagʻishlagan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilingan.
Eslatib oʻtamiz, bu yilgi Ramazon hayiti 10 aprel kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. Hayit munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan.