"Ochiq byudjet" gʻoliblari roʻyxati eʼlon qilindi
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetdan 3,3 trln soʻm yoʻnaltiriladi.

"Tashabbusli budjet"ning gʻolib loyihalari eʼlon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
"Ochiq byudjet" portalida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024 yildagi 1-mavsumi gʻolib loyihalari eʼlon qilindi. Unga koʻra, respublika boʻylab 2 254 ta mahalla boʻyicha jami 2 770 ta loyiha gʻolib deb topildi.
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 3,3 trln soʻm yoʻnaltiriladi.
Maʼlumot uchun, ovoz berish jarayonlarida mamlakatimiz boʻylab 11,7 million nafar fuqaro ishtirok etdi.
Shu bilan birga, Qiziltepa tumanida fuqarolar majburiy ovoz toʻplashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz toʻplangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, oʻrganish natijalariga koʻra, mazkur tuman boʻyicha gʻolib loyihalar qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.
Gʻolib loyihalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
“Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi ilk mavsumiga 1 fevraldan start berilgandi.