platina.uz
Jahon

Turkiyada yuzlab kishilar IShIDga aloqadorlikda gumonlanib qoʻlga olindi

Ushlanganlar terror tashkiloti safida janglarda qatnashish va uni moliyalashtirishda ayblanmoqda. 

Turkiyada yuzlab kishilar IShIDga aloqadorlikda gumonlanib qoʻlga olindi

Turkiyada xavfsizlik kuchlari mamlakatning 30 ta hududida IShID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan 147 kishini qoʻlga oldi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikay X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.

Bayonotda, “30 viloyatda bir vaqtning oʻzida DAISh terror tashkilotiga qarshi oʻtkazilgan operatsiya natijasida 147 kishi qoʻlga olindi" deyilgan.

Vazirning qoʻshimcha qilishicha, qoʻlga olinganlar "ilgari terrorchilik guruhida masʼul lavozimlarda ishlagan", shuningdek, IShID tomonidagi jangovar harakatlarda qatnashgan va taqiqlangan tashkilotni moliyalashtirgan.

Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni kechasi Moskvadagi kotsert zalida terakt sodir etildi. 140 nafardan oshiq inson qurbon boʻldi, hujum uchun javobgarlikni IShIDning "Xuroson" boʻlimi oʻz zimmasiga oldi.

Mazkur teraktdan keyin Fransiya terror xavfini yuqori darajaga koʻtardi, Germaniya ham fuqarolarni jiddiy ogohlantirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid