Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon muloqoti oʻtkazdi

Prezident Rossiya tomoniga "Krokus Siti Xoll"dagi hodisa sabab hamdardlik bildirdi. Hozirda qurbonlar soni 115 nafarga yetgan. 

Siyosat
23-mart, 15:55
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon muloqoti oʻtkazdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Prezident muloqotda Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqi nomidan vafot etganlarning oila aʼzolariga bardamlik, jarohatlanganlarga tez fursatda shifo topishlarini tiladi. Begunoh insonlarga qarshi qaratilgan ushbu jinoyat yana bir bor qatʼiy qoralandi.

"Rossiya yetakchisi, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Prezidentiga ushbu ogʻir damda bildirilgan dalda soʻzlari va zarur koʻmakni koʻrsatishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi. Mamlakatlarimiz xavfsizligi va barqaror taraqqiyotiga tahdid boʻlgan ushbu yovuz kuchga kurashish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi" deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir boʻlgan teraktda qurbon boʻlgan soni hozirda 115 kishiga yetgan. Kreml esa teraktda aloqadorlikda gumonlangan 11 kishi qoʻlga olinganini eʼlon qilgandi. Federal xavfsizlik xizmatiga koʻra, ularning aksariyati "Ukraina chegarasiga tomon harakatlanayotganda" qoʻlga olingan. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+