Davron Hidoyatov yangi lavozimga tayinlandi
U bir necha kun avval Chirchiq shahar hokimi lavozimidan ozod etilgandi.

Davron Hidoyatov "Oʻzavtosanoat" raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Hidoyatov bir necha kun avval boshqa ishga oʻtishi sabab Chirchiq shahar hokimi lavozimidan ozod etilgandi.
Davron Hidoyatov 2021 yil noyabrigacha Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, Davron Hidoyatov 2021 yil noyabrida, Toshkent viloyati hokimi lavozimini egallab turgan vaqtida Zulfiya Zokirova majmuasi uchun 28 milliard soʻmdan oshiq pul ajratishga qaror qilgandi. Ammo oʻsha oyda Hidoyatov ishdan olinib, uning oʻrniga Zoyir Mirzayev tayinlangan va majmuani qurish kechiktirilgani maʼlum qilingan.