Ochiq byudjetga ovoz berish qaytadan boshlandi
Bir necha kun avval ushbu platforma texnik nosozliklar sabab toʻxtatib qoʻyilgandi.

"Tashabbusli byudjet"ning 2024 yil 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ovoz berish bosqichi 4 aprel 23:59 ga qadar davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, Siz oʻzingizga qulay boʻlgan usullardan biri orqali, jumladan:
- "Ochiq byudjet" portalining veb-sahifasi;
- portalning mobil ilovasi;
- “Telegram“dagi rasmiy bot orqali ovoz berishingiz mumkin.
Taʼkidlash kerakki, bir necha kun avval ushbu platforma texnik nosozliklar sabab toʻxtatib qoʻyilgandi.
Eslatib oʻtamiz, “Ochiq byudjet”ning joriy yilgi ilk mavsumiga 1 fevraldan start berilgandi.
- Loyihalar kiritish: 1–20 fevral;
- Loyihalarni saralash: 21-fevral–11 mart;
- Ovoz berish: 12–31 mart sanalari davomida oʻtkazilishi koʻzda tutilgandi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 3 trln. soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln soʻmni tashkil etadi.