Navoiyda 1 apreldan ichimlik suvi tariflari oshadi
Ushbu narxlar Oʻzbekiston boʻyicha eng baland miqdorni tashkil etadi.

Navoiy viloyatida 1 apreldan ichimlik suvi narxlari oshadi.
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi tomonidan 2024 yil 15 martda Navoiy viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.
Unga koʻra 2024 yilning 1 apreldan quyidagi belgilangan tariflar amalda qoʻllaniladi:
Ichimlik suvi:
a) aholi uchun –1 m3 – 2 700 soʻm;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 6 500 soʻm;
v) ulgurji isteʼmolchilar uchun - 1m3 - 8 000 soʻm;
Oqova suv xizmati:
a) aholi uchun – 1 m3 – 1 600 soʻm;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 4 600 soʻm;
v) ulgurji isteʼmolchilar uchun - 1m3 – 6000 soʻm.
Mazkur miqdor Oʻzbekiston boʻyicha eng qimmat narxlardir.
Avval Namangan va Jizzaxda ham ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.
Avval Qoraqalpogʻiston va Buxoroda 15 yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlari qimmatlashishi maʼlum boʻlgandi.
Eslatib oʻtamiz, shu kungacha Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.
Qashqadaryo viloyatida esa ichimlik va oqova suv narxlari 2 baravar qimmatlagani yetmagandek, 6 oyda 2 marta oshirilgan.