Chirchiq shahriga yangi hokim tayinlandi
Avvalgi hokim Davron Hidoyatov boshqa ishga oʻtishi sabab lavozimdan ozod etilgandi.

Murodjon Abdurahimov Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining qarori bilan Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Maʼlumot oʻrnida, Murodjon Abdurahimov 1986 yilda Chirchiq shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2008 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.
U Qibray tumani "Baytqoʻrgʻon xizmat koʻrsatish va iqtisodiyot" kasb-hunar kollejida iqtisodiyot fani oʻqituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.
Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligida, keyinroq «
"Oʻzkommunxizmat" agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, boʻlim mudiri singari vazifalarda ishlagan.
Tayinlovga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida masʼul vazifada ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, ikki kun avval Chirchiqning avvalgi hokimi Davron Hidoyatov ishdan ketgandi. Uning yangi lavozimga oʻtgani xabar qilindi.