platina.uz
Iqtisod

1 apreldan 80 benzin narxi oshadi. Behazil

Shu sanadan neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari oʻzgaradi.

1 apreldan 80 benzin narxi oshadi. Behazil

2024 yil 1 apreldan AI-80 markali benzin narxlari yana oshadi, chunki shu sanadan unga qoʻllaniladigan aksiz soligʻi miqdori koʻtirladi. Bu haqda Oʻzbekneftgaz xabar berdi.

Shu sanadan boshlab neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagicha oʻzgaradi:

1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz soligʻi:

  • AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 soʻmdan 340 000 soʻmga (37 000 soʻmga);
  • aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 soʻmdan 271 000 soʻmga (29 000 soʻmga);
  • dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 soʻmdan 326 000 soʻmga (35 000 soʻmga);
  • EKO dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 soʻmdan 293 000 soʻmga (31 000 soʻmga);

2. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi:

  • AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 soʻmdan 633 000 soʻmga (68 000 soʻmga);
  • dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 soʻmdan 578 000 soʻmga (68 000 soʻmga);
  • suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 soʻmdan 904 000 soʻmga (96 500 soʻmga) oshishi belgilangan.

Shu munosabat bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazini birja savdolari orqali sotishdagi boshlangʻich narxlari 2024 yil 1 apreldan boshlab aksiz soligʻi oʻzgarishi inobatga olingan holda shakllantirilgan boshlangʻich narxlarda amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekneftgaz”ga tegishli barcha AYoQShlar yangi oligarx Doniyor Komilovga yashirincha sotib yuborilgani oshkor boʻlib qolgandi.

Shuningdek, yanvar oyi oxirida Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripovga 2025 yildan AI-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish boʻyicha topshiriq bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid