Investitsiya vaziriga oʻrinbosar tayinlandi
Avvalgi oʻrinbosar prezident yigʻilishida "oʻz tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun" ishdan olingandi.

Oʻzbekiston Prezidentining 2024 yil 6 martdagi PQ-120-son qarori bilan Kasimov Ilzat Ablaxatovich Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida davlat rahbari oʻtkazgan yigʻilishda oʻz tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Badriddin Abidov ishdan olingandi.
Shuningdek, yanvar boshida “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Ahmedov Dilshod Tursunqulovich Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari etib tayinlangandi.