Doniyor Komilov Chinozdagi neft zavodi egasiga aylandi
U avval "Oʻzbekneftgaz"ga tegishli AYoQShlar va DXX sobiq binosini sotib olgandi.

Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Abdulaziz Komilovning oʻgʻli Doniyor Komilov neftni qayta ishlash zavodi egasiga aylandi.
“Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ham xususiylashtirilgan. Xaridor esa yaqinda UNG Petro AYoQShlarini xarid qilgan Petroleum Technology Group MChJ. Mazkur kompaniya Komilov Doniyor Abdulazizovichga taalluqlidir.
2016 yilda ishga tushirilgan Chinoz neftni qayta ishlash zavodi 2022 yilda sotuvga chiqarilgan edi. 2023 yil boshida xaridorlardan takliflar qabul qilingan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtirishning keyingi taqdiri haqida boshqa axborot taqdim etmagan.
Doniyor Komilov bungacha sobiq DXX binosi va "Oʻzbekneftgaz"ga tegishli AYoQShlarni sotib olgandi. Ayni paytda bu bino buzilib, oʻrnida yangi mehmonxona qurilishi aytilgan