Sergeli tumani hokimi mahallalarga katta pul ajratdi
Sergeli tumani hokimi oʻrinbosarining Janubiy Koreyaga 2-9 mart kunlari boʻladigan xizmat safari xarajatlari uchun 28 mln. 902 ming soʻm beriladi.

Sergeli tumani hokimi mahallalarga katta pul ajratdi. 29 fevral kuni hokimning bu haqda qarori eʼlon qilindi.
Jumladan, Sergeli tumanidagi mahallalar qiyofasini yaxshilash maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va pudrat korxonalari oʻrtasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qarzdorliklarni qoplash maqsadida 1,5 milliard soʻm mablagʻ;
- Sergeli tumani hokimi oʻrinbosarining Janubiy Koreyaga 2-9 mart kunlari boʻladigan xizmat safari xarajatlari uchun 28 mln. 902 ming soʻm beriladi.
Qarorda aytilishicha, Sergeli tumani mahalliy byudjetining parametrlari va uning qoʻshimcha manbalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Avvalroq Sirdaryo tumani hokimi qarzlar toʻlovi uchun katta mablagʻ ajratgandi.