platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha reytingda yuqoriladi

Mamlakat mobil internet boʻyicha Rossiyani sakkiz pogʻona ortda qoldirgan. 

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha reytingda yuqoriladi

Oʻzbekistonda mobil va simli Internetga ulanish tezligi boʻyicha oʻz oʻrnini yaxshiladi.

2024 yil yanvar oyi uchun Speedtest Global Index maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston mobil internet tezligi reytingida 91-oʻrinni egalladi, bu 2023 yilning dekabriga nisbatan toʻrt pogʻona yuqoridir. Misol uchun Rossiya 99-oʻrinni egallagan.

Mamlakatda mobil internet tezligi 26,97 Mbit/s deb baholanmoqda.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda simli internet tezligi oshgani qayd etilgan. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha mamlakat oʻtgan davrga nisbatan oʻz oʻrnini bir pogʻonaga yaxshilagan holda 89-oʻrinni egalladi. Simli internetning oʻrtacha tezligi 59,07 Mbit/s ni tashkil etdi.

Dunyo boʻyicha BAA mobil internet tezligi boʻyicha yetakchi boʻlib qolmoqda, bu yerda tezlik 302,38 Mbit/s ga etadi. Shu bilan birga, simli internet tezligi boʻyicha yetakchilik Singapurga tegishli boʻlib, ushbu davlatda oʻrtacha tezlik 277,57 Mbit/s qayd etilgan.

Oʻzbekistonda internet tezligi koʻrsatkichlarining sezilarli darajada oshishi mamlakatning aloqa infratuzilmasini yaxshilash va tarmoq resurslaridan foydalanish sifatini yaxshilanayotganidan darak beradi, deyiladi xabarda.

Mobil internet boʻyicha Markaziy Osiyoda eng yaxshi natijani Qozogʻiston qayd etgan (69-oʻrin).

Eslatib oʻtamiz, dekabr oyida berilgan maʼlumotda ham Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha oʻrnini yaxshilagani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid