platina.uz
Jamiyat

DXX ikki haftalik chaqaloqni 40 ming dollarga sotayotgan ayolni ushladi

Guliston shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. 

DXX ikki haftalik chaqaloqni 40 ming dollarga sotayotgan ayolni ushladi

DXX goʻdaklarini minglab AQSh dollarlariga sotayotgan ayollarni qoʻlga oldi.

Xabar berilishicha, Guliston shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro viloyatida tugʻilgan, Guliston shahrida vaqtincha yashovchi ayol joriy yilning 30 yanvar kuni tugʻilgan oʻgʻil farzandini 40 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Termiz tumanida yashovchi ayol joriy yilning 25 yanvar kuni tugʻilgan qiz farzandini oʻzining jinoiy sherigi boʻlgan ayol bilan til biriktirib, Termiz shahrida 25 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlandi.

Chirchiq shahrida yashovchi ayol oʻzining 2018 yilda tugʻilgan oʻgʻlini Toshkent shahrida 3 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Namangan shahrida yashovchi ayol oʻzining 2014 yilda tugʻilgan oʻgʻlini 18 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, talab qilingan puldan 4 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Avvalroq DXX tezkor tadbirda Kogon tumani prokurorini 90 ming dollar bilan ushlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid