platina.uz
Jamiyat

Sherzodxon Qudratxoʻjaning millatparvarligi ruslarga yoqmadi

Jurnalist bloger Kirill Altmanga bergan intervyusida ruslarga qarshi keskin gaplarni gapirdi.

Sherzodxon Qudratxoʻjaning millatparvarligi ruslarga yoqmadi

OʻzJOKU rektori Sherzodxon Qudratxoʻja bloger Kirill Altmanga intervyu berdi.

Unda Qudratxoʻja bir mamlakatda yashab turib, uni tilini bilmaydiganlarni "bosqinchi yoki telba" deya atagan.

Shuningdek, Jurnalistika universiteti rektori Amir Temurning Oltin Oʻrdaga yurishi tufayli Rossiya davlati saqlab qolingani va keyinchalik kuchayganini taʼkidlab oʻtgan.

Sherzodxon Qudratxoʻjaning mazkur bayonoti Rossiyada keskin reaksiya berdi. Jumladan "Rossodtrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov Qudratxoʻja bilan har qanday aloqalar toʻxtatilishi va uning oʻzi, qarindoshlariga Rossiyaga kirish taqiqlanishini maʼlum qildi.

"U bu soʻzlari uchun uzr soʻrashi kerak" deya yozadi Primakov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq rossiyalik ayrim arboblarning Oʻzbekiston haqidagi gaplari keng munozaralarga sabab boʻlgandi. Jumladan tarixchi Mixail Smolin 1917 yilgacha "oʻzbek xalqi boʻlmagani" haqida iddao qilgan boʻlsa, yozuvchi Zaxar Prilepin "Oʻzbekistonni Rossiyaga qoʻshib olish" haqida gapirgandi. Prilepinning soʻzlaridan keyin Rossiya elchisi Oʻzbekiston TIVga chaqirtirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid