Umradan qaytishdagi muammolar sabab bir kishi qamoqqa olindi
Bundan tashqari xususiy aviakompaniya mansabdorlariga nisbatan tergov oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekistonlik ziyoratchilarning Umra safaridan qaytishida yuzaga kelgan muammolar sabab ayrim mansabdorlarga ish ochildi, bir kishi qamoqqa olingan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
"Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tomonidan vatandoshlarimizni Umra safaridan qaytarish choralari koʻrmagan hamda boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan xususiy avikompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi" deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, bir kun avval Turizm qoʻmitasi Umar safaridan qaytishda qiyinchilikka uchrayotgan ziyoratchilar haqida maʼlumot bergandi.