Qozogʻistonda yangi bosh vazir tayinlandi
Mamlakatda 5 fevral kuni hukumat isteʼfoga chiqqandi.

Prezidet Qosim-Joʻmart Toʻqayevning farmoni bilan Oljas Bektenov Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlandi.
U avval egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Taʼkidlash kerakki, Bektenov shu vaqtga qadar Prezident administratsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi (2023 yil apreldan).
Bektenov 1980 yilda Olmaotada tugʻilgan. Qozoq davlat yuridik akademiyasini tugatgan.
2018 yil iyun oyidan Qozogʻiston Davlat xizmati ishlari va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisining oʻrinbosari.
2019 yil iyun oyidan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi (Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati) raisining birinchi oʻrinbosari.
2022 yil fevralidan 2023 yil apreligacha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi.
Eslatib oʻtamiz, 5 fevral kuni Alixan Smailov boshchiligidagi hukumat isteʼfo bergandi.