platina.uz
Jamiyat

DXX qalbaki dori tayyorlovchi tibbiyot xodimini qoʻlga oldi

DXX Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi Namanganda tezkor tadbir oʻtkazdi. 

DXX qalbaki dori tayyorlovchi tibbiyot xodimini qoʻlga oldi

DXX Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Zodak”, “Anaferon”, “Xilak Forte” va “Vitamin V6” nomli qalbaki dori vositalarini tayyorlash hamda sotish bilan shugʻullangan tibbiyot xodimining faoliyatiga chek qoʻyildi.

Xususan, Chortoq tuman Tibbiyot birlashmasining tez yordam boʻlimi feldsheri 1000 dona qalbaki “Zodak” dori vositasini Andijon viloyatiga sotish maqsadida olib ketmoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olindi. Shuningdek, uning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda dori vositalari ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yashirin sex borligi aniqlanib, 763 dona “Anaferon”, 2125 dona “Zodak”, 4000 dona “Vitamin V6” dori vositalari, 570 dona nomsiz flakonlarda siroplar, dori vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan flakonlar, qutilar, yoʻriqnoma va yorliqlar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Taʼkidlash lozimki, mazkur shaxs tayyorlangan dori vositalarini saqlash uchun qarindoshining yashash xonadonidan ombor sifatida foydalangan va tezkor tadbir davomida ushbu manzildan ham sotish uchun tayyorlab qoʻyilgan 120 dona “Zodak”, 260 dona “Anaferon”, 96 dona “Xilak Forte” hamda 313 dona nomsiz flakonlarda sirop holdagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, Chortoq tuman tez yordam boʻlimi feldsheri 2023 yilning sentabr oyidan buyon ushbu noqonuniy ish bilan shugʻullanib kelganligi va uni hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan Andijon viloyatida yashovchi fuqarolar Qirgʻiz Respublikasidan noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan dori vositalari xom-ashyolari bilan taʼminlab turganliklari maʼlum boʻldi. Yashirin sex sharoitida tayyorlangan dori vositalari asosan Andijon, Fargʻona va Toshkent shaharlaridagi dorixonalarda sotuvga chiqarilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” va “ye” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, mazkur shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

DXX avvalroq Buxoroda ikki mansabdorni qoʻlga olgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid