Soliq tushumlari xarajatlarni qoplashga yetmayapti
Iqtisodchi Yuliy Yusupov Platina.uz saytiga bergan intervyusida Soliq qoʻmitasi qonunga zid ishlatayotgan amaliyot haqida gapirdi.

Mustaqil iqtisodchi mutaxassis Yuliy Yusupov bilan suhbatimizda Soliq qoʻmitasi (avvalroq ularning vakili biz bilan kelishilgan suhbatdan qochib ketgan) soliq tushumlari yetishmayotgani bois byudjetda katta defitsit paydo boʻlganini aytdi.
– Ular shunchaki tadbirkorlardan pul yigʻishga qaror qilishgan. Chunki ular 2 marta QQS toʻlashdi-da. Yana pul tushirishadi. Biz vazifamizni bajardik, deyishadi. Bu iqtisodiyotni xarob qilishi va qonunga zid ekanligi hech kimni qiziqtirmaydi. Bu bir necha yillardan beri davom etib kelmoqda. Va negadir moliya sohasidagi rahbarlarimiz bu iqtisodiy taraqqiyot uchun qanchalik vayronkor ekanini tushunishmaydi, – deydi iqtisodchi.
Uning aytishicha, qoʻmitadagilar bu holatni endi tushunib yetayotgan boʻlishi mumkin, chunki hozir byudjetda ulkan defitsit paydo boʻlgan. Soliq tushumlari xarajatlarni qoplash uchun yetarli emas.
– Endi bu masalaga diqqat qaratishmoqda. Uni tartibga solishga urinishmoqda. Lekin muammo ildizi – 2021 yildan beri iqtisodiyotni xarob qilib yotibdi-ku. Shunday bolshevikcha uslublarni qoʻllashmoqda. Xuddi dehqonning hamma bugʻdoyini tortib olishganga oʻxshaydi. “Dehqon ochdan oʻlsa oʻlaversin, hozir bizga don zarurroq”, degandek, – deydi Yusupov.
Suhbatni toʻliq holda yuqorida koʻrishingiz mumkin.
