Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tayinlandi
Avvalgi vazir 2023 yil oktabrida ishdan olingandi.

Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan Kongratbay Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bundan ilgariroq K.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
Kongratbay Sharipov 1963 yil 24 martda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 2009 yil iyuldan 2010 yil sentabrgacha Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan.
2010 yil oktabr oyidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida moliya va iqtisod boʻyicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelgan.
2017 yil avgustidan 2019 yilgacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan.
2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2019 yil noyabr oyidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda edi.
Eslatib oʻtamiz, avvalgi vazir Ibrohim Abdurahmonov Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga oʻtkazilgandi.