Minhojiddin Mirzo yangi lavozimga tayinlandi
U 2018-2019 yillarda ham shu lavozimda ishlagan.

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari lavozimida ishlagan Minhojiddin Hojimatov yangi lavozimga tayinlandi.
Bugun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda tashkiliy masala koʻrilgan.
Yigʻilishda Minhojiddin Hojimatov (taxallusi Minhojiddin Mirzo) Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, Minhojiddin Hojimatov 2018-2019 yillarda ham shu lavozimda ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, Otabek Hasanov Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari etib tayinlangandi.