platina.uz
Iqtisod

Pensiyaning eng kam miqdorlari oshirildi

Oʻzgarishlar bugun, 1 fevraldan kuchga kiradi. 

Pensiyaning eng kam miqdorlari oshirildi

Pensiyaning eng kam miqdorlari minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkazildi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi xabar berdi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF–24-son, 31.01.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024 yil 1 fevraldan:

- ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 621 ming soʻm;

- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 621 ming soʻm etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.

Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekistonda 2024 yil uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdori (kambagʻallik darajasi) kishi boshiga 1 oyga 621 ming soʻm deb belgilangandi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi bor maoshlar va pensiyalar oʻtgan yili dekabr oyida 7 foizga oshirilgandi. Shu jumladan:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming (hozir 347 ming) soʻm;
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming (hozir 677 ming) soʻm;
  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming (hozir 980 ming) soʻm;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 340 ming (hozir 330 ming) soʻm etib belgilangan.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid