platina.uz
Jamiyat

Qozogʻiston oʻzbekistonliklar uchun roʻyxatdan oʻtmasdan qolish muddatini uzaytirdi

Xuddi shu tartib qozogʻistonliklar uchun ham amal qiladi.

Qozogʻiston oʻzbekistonliklar uchun roʻyxatdan oʻtmasdan qolish muddatini uzaytirdi

Oʻzbekistonliklar uchun Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan qolish muddati uzaytirildi.

Qozogʻiston parlamenti bugun ratifikatsiya qilgan kelishuvga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari uchun Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi. Oʻttiz kun ichida fuqarolar vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini olishlari lozim.

Eski tartibga koʻra, bu muddat 5 kunni tashkil etardi.

Taʼkidlash kerakki, xuddi shu tartib qozogʻistonliklar uchun ham amal qiladi.

Mazkur kelishuvga ikki davlat rahbarlarining 2022 yil dekabridagi uchrashuvida erishilgandi. Oʻzbekiston tomoni mazkur kelishuvni 2023 yil aprel oyida ratifikatsiya qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi migratsion masalalar soddalashtirilgandi. Jumladan, 2023 yil sentabridan boshlab ikki davlat fuqarolariga ID-karta yordamida chegarani kesib oʻtishga ruxsat berildi.

Shuningdek, Qirgʻiziston xorijliklar, jumladan oʻzbekistonliklar uchun ham ayrim cheklovlar kiritgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid