platina.uz
Jamiyat

Miyaning yosh va sogʻlom boʻlishiga yordam beruvchi mahsulotlar

Toʻgʻri ovqatlanish miyani sogʻlom holatda saqlashda muhim rol oʻynaydi.

Miyaning yosh va sogʻlom boʻlishiga yordam beruvchi mahsulotlar

Toʻgʻri ovqatlanish miyani sogʻlom holatda saqlashda muhim rol oʻynaydi. Diyetolog Uma Naidu qanday qilib ushbu muhim organning yoshligini taʼminlash mumkinligi haqida gapirdi.

"Biz isteʼmol qiladigan ovqat hazm boʻlganda, ichak mikrobiomasidagi trillionlab mikroblar bilan oʻzaro taʼsir qiladi va turli moddalarga boʻlinadi, bu esa vaqt oʻtishi bilan bizning ruhiy holatimizga taʼsir qiladi", - deya ekspertdan iqtibos keltiradi "Vechernyaya Moskva" gazetasi.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, agar tanada baʼzi moddalar yetishmasa, ichki organlar, shu jumladan miyada ham muammolar boshlanadi. Ratsionga koʻproq tola va polifenollarni kiritish orqali vitamin va minerallarning etishmasligining oldini olish mumkin.

Tola sabzavot, meva va dukkakli ekinlarda, polifenollar esa sabzi, zaytun, koʻkatlar va qulupnayda uchraydi, deydi shifokor. Fermentlangan ovqatlar ham miyani yosh saqlashga yordam beradi, chunki ular yalligʻlanishni kamaytiradi.

Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, turli oʻtlar va ziravorlarning antioksidant xususiyati miya salomatligiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Avvalroq 2023 yilda oʻzbekistonliklar qanday kasalliklardan vafot etayotgani maʼlum qilingandi. Unda qon aylanish tizimi kasalliklari yaqqol yetakchilik qilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid