platina.uz
Jahon

Pokiston sobiq bosh vaziri yana 10 yilga "kesildi"

Sud qarori saylovlar arafasida chiqarildi, endi Xon ularda qatnasha olmaydi. 

Pokiston sobiq bosh vaziri yana 10 yilga "kesildi"

Pokiston sudi seshanba kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ayblov xulosasiga koʻra, Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisining hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmunini oshkor qilgan.

Sobiq bosh vazirning partiyasi bu ayblovni uydirma deb hisoblaydi va hukmga eʼtiroz bildirmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters.

2022 yilda bosh vazirlik lavozimidan chetlatilgan Xon, avvalroq korrupsiyada ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Hukm 2023 yil avgustida chiqarilgan.

Endi yangi hukm umumiy saylovlarga bir hafta qolganida eʼlon qilindi, endi Imron Xonning saylovda qatnashishi taqiqlanadi. Xon oʻziga qoʻyilgan barcha ayblovlarni siyosiylashtirilgan deb ataydi.

Taʼkidlash joiz, 2023 yil avgustda Xon oʻz lavozimida boʻlgan vaqtida chet el rahbarlaridan olingan sovgʻalarni sotishda ayblanganib, uch yil qamoqqa hukm qilingandi.

Imron Xonning may oyida boshqa holatda hibsga olinishi sobiq bosh vazir tarafdorlari va politsiya oʻrtasida tartibsizliklar va shiddatli toʻqnashuvlarga olib kelgandi.

Oʻshanda u yer bilan bogʻliq firibgarliklarga aloqador deb topilib, qamoqqa olingandi. Namoyishlardan soʻng Imron Xon garov evaziga ozod etilgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid