platina.uz
Sport

Oʻzbekiston "qora anʼana"ni davom ettirdi

Milliy terma jamoa Avstraliya ustidan biror marta ham gʻalaba qozona olmagan.

Oʻzbekiston "qora anʼana"ni davom ettirdi

Bugun Osiyo chempionati guruh bosqichining 3-turi doirasida Oʻzbekiston va Avstraliya terma jamoalari maydonga tushishdi.

Oʻzbek futboli tarixida milliy terma jamoa Okeaniya vakillarini biror marta yutmagan va hatto gol ura olmagan edi. Bugun gol urishdi. Eron termasi ustidan ham birorta gʻalabaga erishmagan.

Birinchi boʻlim oxirida hakam Oʻzbekiston darvozasi tomon shubhali penalti belgiladi va oʻyinda hisob ochildi. Ikkinchi taym soʻngida esa Azizbek Turgʻunboyev hisobni tenglashtirdi.

Guruhning narigi oʻyinida Suriya Hindistonni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Shu tariqa guruhda Avstraliya 1, Oʻzbekiston 2 va Suriya 3-oʻrinni oldi. Ularning nimchorak finaldagi raqiblari boshqa oʻyinlarga bogʻliq.

Osiyo kubogi-2023, guruh bosqichi, B guruhi

Avstraliya - Oʻzbekiston 1:1
Gollar: Martin Boyl pen. 45+1 - Aziz Turgʻunboyev 79

Suriya - Hindiston 1:0
Gol: Umar Mohir 76

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid