Oʻzbekiston boʻylab Uzcard tizimi ishlamayapti
Nosozliklar qachongacha davom etishi maʼlum boʻldi.

Oʻzbekistonda bir necha soatlardan beri Uzcard toʻlov tizimi ishlamayapti. Taqdim etilgan rasmiy maʼlumotga koʻra, nosozliklar qachongacha davom etishi maʼlum boʻldi.
"Yagona umumrespublika protsessing markazi, 2024 yil 22 yanvar kuni soat 00:30 dan 10:00 gacha texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sababli ATM, E-POS, POC-terminallarda aloqa ulanishida qisqa muddatli uzilishlar, UZCARD infratuzilmasida xalqaro toʻlov tizimlari kartalariga hamda xorijda kobeyj kartalariga xizmat koʻrsatilishida uzilishlar ehtimoli haqida maʼlum qiladi" deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Humo tizimida nosozliklar kuzatilgandi.
Shuningdek, Platina.uz qaysi toʻlov tizimi afzalligi xususida soʻrovnoma ham oʻtkazgandi.