Afgʻonistonda qulagan rus samolyoti yoʻlovchilarining taqdiri maʼlum boʻldi
Samolyot Toshkent orqali Moskvaga uchishi kerak edi.

Kecha, 21 yanvar kuni Afgʻonistonda halokatga uchragan samolyot va ekipaj aʼzolari taqdiri maʼlum boʻldi.
Gaya (Hindiston) – Toshkent (Oʻzbekiston) – Moskva (Rossiya) yoʻnalishlarida uchishi rejalashtirilgan Falcon 10 biznes-jet ekipaji aʼzolari orasidan 4 kishi tirik ekani va 2 kishi qidirilayotganiga oid xabar berilmoqda.
Toshkent orqali Moskva tomon uchgan samolyot Afgʻonistonning shimolida joylashgan Badaxshonning togʻli hududlaridan birida halokatga uchragan. Uchuvchi va ekipaj aʼzolari togʻli qishloq aholisi tomonidan qutqarilib "Tolibon" hukumatiga topshirilgan. Qolgan 2 kishi qidirilayotgani haqida hukumat xabar bergan.
Avvaliga samolyot Tailanddan uchgani haqida xabarlar tarqagan edi. Ammo, rus samolyoti aslida Gaya (Hindiston)dan uchganiga ochiqlik kiritildi.
Hindiston hukumati holatga quyidagicha izoh bergan:
“Afgʻonistonda halokatga uchragan samolyot Hindiston bilan aloqador emas. Bu samalyot na rejalashtirilgan reys va na rejalashtirilmagan (charter) reys edi”.
Yana bir manbada esa Falcon 10 halokatidan omon qolganlardan biri tibbiyot xodimi Igor Sivorotkin ekanini maʼlum qildi. Uning rafiqasi Veronika esa Igor Sivorotkin bemor Anna Yevsyukovaning olib kelish uchun Pattayyaga xizmat safari bilan ketgan boʻlganini tasdiqlagan.
Samolyot halokatdan oldin texnik nosozlik haqida xabar bergan. Qobuldagi Rossiya elchixonasi hozirda omon qolgan 4 kishi Qobulda ekani va qidiruv ishlari davom ettirilayotgani haqida xabar bergan. Toʻrt fuqaro Kobul orqali Moskvaga qaytadi.