Xitoydagi maktab yotoqxonasida 13 kishi yonib ketdi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jahon
20-yanvar 2024 yil

Xitoyning markaziy qismidagi Xenan provinsiyasidagi maktab yotoqxonasida yongʻin sodir boʻldi. Natijada 13 kishi halok boʻldi, yana bir kishi yaralandi.
Yongʻin 19 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00da Nanyan shahrining Fangcheng okrugidagi maktab yotoqxonasida sodir boʻldi, deya xabar bermoqda “Sinxua”. Taʼkidlanishicha, qutqaruvchilar tezda voqea joyiga yetib borgan. Yongʻin yarim soat ichida oʻchirilgan.
Jabrlanuvchi shifoxonada, uning ahvoli barqaror baholanmoqda. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Bir necha kun avval Toshkentdagi Uzum ombori yonida yongʻin chiqqani xabar berilgandi.