Angrenda yirik mablagʻ talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Angren shahrida amalda bajarilmagan ishlar uchun 670 mln soʻmni oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda “A.I.E.” DUK masʼul shaxslari YaTT “U.A.” tuzilgan shartnomaga asosan ekskavator xizmatlari ijarasi uchun koʻrsatilgan ishlar bajarilmagan boʻlsada, YaTT “U.A.” tomonidan 670 mln soʻmlik ishlar (xizmatlar) bajarilganligi haqida elektron hisob-fakturaga soxta maʼlumotlar kiritilib, oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Bir hafta avval Sirdaryoda ham yirik talon-toroj holati aniqlangandi.