platina.uz
Jamiyat

Sunʼiy intellekt ish oʻrinlarining 40 foizini egallab olishi mumkin

Bu holat koʻproq rivojlangan davlatlarga taʼsir qiladi. 

Sunʼiy intellekt ish oʻrinlarining 40 foizini egallab olishi mumkin

Sunʼiy intellekt dunyo boʻylab ish joylarining 40 foizini egallab olishi mumkin, deya ogohlantiradi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi.

Biroq oʻsib borayotgan iqtisodlarda sunʼiy intellektning afzalliklaridan toʻla foydalana olish ehtimoli kamroq. Shu boisdan bu raqamli tafovutni kuchaytiradi va mamlakatlar oʻrtasidagi daromadlar nomutanosibligini oshiradi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevaning aytishicha, dunyo "global oʻsish va daromadlarni oshirishi mumkin boʻlgan texnologik inqilob yoqasida", biroq buning natijasida baʼzilari tirikchilik manbalarini yoʻqotishi mumkin.

Avtomatlashtirish va IT koʻpincha odatiy vazifalarga taʼsir qilgan boʻlsa-da, u koʻpchilikning ishlab turgan ish joyiga xavf solishi mumkin.

“Anʼanaviy ravishda oliy maʼlumotli mutaxassislarga tegishli boʻlgan chuqur mulohazani, muammolarni hal qilishni yoki maʼlumotlarni murakkab talqin qilishni talab qiladigan ishlar endi sunʼiy intellektning ilgʻor algoritmlari bilan toʻldirilishi, hattoki almashtirilishi mumkin”, deyiladi yangi hisobotda.

Biroz avval sunʼiy intellekt haqida bilish kerak boʻlgan oʻnta haqiqat maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid