platina.uz
Jamiyat

Karmana tumaniga yangi hokim tayinlandi

Avvalgi hokim Prezident yigʻilishida tanqidga uchragandi. 

Karmana tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi, unda tumanga yangi hokim tayinlandi.

Sessiya ishida viloyat rahbari NormatTursunov soʻzga chiqib, tuman hokimi lavozimiga Adizov Valijon Yusupovichni tayinlash toʻgʻrisida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini oʻqib eshittirdi.

Ushbu qaror xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.

Eslatib oʻtamiz, tumanning avvalgi hokimi Prezident oʻtkazgan yigʻilishda tanqidga uchrab, ishdan olingandi. Karmanadagi qurilishi yakunlanmagan binoda 452 ta “mayning” qurilmasi oʻrnatilgani oqibatida oʻn oy davomida qariyb 5,5 million kilovatt-soat elektrdan noqonuniy foydalanilgan.

Avvalroq Boʻka tumaniga yangi hokim tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid